Germaniya hukumati so‘nggi vaqtlarda sodir etilgan bir qator terrorchilik hujumlaridan so‘ng mamlakatda xavfsizlik darajasini oshirishga qaratilgan choralar sanab o‘tilgan deklaratsiya loyihasini tayyorladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Hujjat qoralamasida ikki mamlakat fuqaroligi va kishining yuzini yashiruvchi kiyimni taqiqlash kabi choralar haqida so‘z yuritilgan.
Deklaratsiyaning Germaniya Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan boshqa bandlarida mamlakatdan boshpana olmagan muhojirlarni deport qilish jarayonini tezlashtirish, jinoiy javobgarlikka tortish yoshini 14 yoshgacha pasaytirish va terakt yuz bergan holatda mamlakat ichkarisida armiyadan foydalanish kabilarni ko‘zda tutadi.
Shuningdek, 2020-yilga qadar politsiya xodimlari sonini yana 15 ming kishiga oshirish rejalashtirilmoqda. Shifokorlik sirini qisman bekor qilish taklifi ham muhokama bosqichida. Bunda gap shifokorlarga jinoyat sodir etish niyatini ularga ma’lum qilgan bemorlar haqida huquqni muhofaza qilish organlariga axborot berish majburiyatini yuklash haqidagi norma to‘g‘risida bormoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)