BMT Xavfsizlik kengashi 11-avgust kuni favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi. Unda Rossiya va Ukraina o‘rtasida Qrim masalasida kelib chiqqan keskinlik muhokama qilinadi, deb xabar beradi “RBK”.
Reuters’ning ma’lum qilishicha, majlis Ukraina tomonining tashabbusiga ko‘ra to‘planadi.
Kecha, 10-avgust kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati 6–8-avgust kunlari Ukraina razvedkasi rejalashtirgan bir qator teraktlar va diversiyalarning oldi olingani, ko‘plab jangarilar qo‘lga olingani, yarim orolda Qrim foydasiga ishlayotgan agentlik tarmog‘i fosh etilganini ma’lum qildi. Ukraina tomoni tez orada bu ayblovlarni inkor etdi.
Bir muddatdan so‘ng Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko favqulodda yig‘ilish o‘tkazib, unda qo‘l ostidagilariga Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan telefon muloqotini tashkil etishni topshirdi. Yig‘ilish chog‘ida razvedka bosh boshqarmasi rahbari Valeriy Kondratyuk Qrim chegarasida otishma kelib chiqqanini aytdi.
Izoh (0)