20–21-avgust kunlari O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Mazkur tadbir har yili Mustaqillik bayrami arafasida tashkil etiladi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Bu haqdagi farmoyishni 10-avgust kuni Vazirlar Mahkamasi e’lon qildi.
Hashar davomida aholi yashaydigan kvartallar, ko‘chalar, xiyobonlar, ziyoratgohlar va boshqa obyektlar obodonlashtiriladi va tozalanadi. Muhtoj insonlar va oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatilishi mo‘ljallanmoqda.
Avgust, an’anaga ko‘ra, obodonlashtirish va tozalik oyi deb e’lon qilindi.
Izoh (0)