Yamanda 2015-yilning mart oyida qurolli mojarolarning avj olishidan buyon kamida 1121 bola halok bo‘ldi, yana 1650 nafari yaralandi. Bu haqda BMT bolalar fondi – YuNISEFning Yamandagi vakili Julian Xarneys 9-avgust, seshanba kuni Jenevada ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“YuNISEF 2015-yilning martida Yamandagi mojaroning kengayishi oqibatida 1121 bola halok bo‘lgani hamda 1650 nafari yaralangani haqida tasdiq oldi”, – degan Julian Xarneys asl sonlar ko‘proq bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.
Yamandagi qarama-qarshilik 2014-yilning avgust oyidan buyon davom etib, 2015-yilning mart oyida Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyaning mamlakatga kirishi oqibatida avjiga chiqdi. BMTning ma’lumotlariga ko‘ra, qurolli hujumlar oqibatida 6,4 ming kishi halok bo‘ldi, yana 30 ming nafardan ortig‘i turli jarohatlar olgan.
Izoh (0)