Xitoyning Shensi provinsiyasidagi Syanyan shahrida istiqomat qiluvchi ayol ish topa olmaganidan jahli chiqib 22 ta bankomatni buzdi. Bu haqda 10-avgust kuni Sina xabar bermoqda.
Aytilishicha, Li familiyali 37 yoshli ayol g‘isht va yog‘ochdan foydalangan. Kuzatuv kameralari qaydlaridan ma’lum bo‘lishicha, ayol bankomatlarga yaqinlashib, ularni bir necha soniya davomida urgan, so‘ng voqea joyini tark etgan.
Ayol 5-avgust kuni qo‘lga olindi. U Syanyanga qo‘shni Gansu provinsiyasida joylashgan Sin’yan shahridan kelgani aniqlandi. Ayol eridan ajrashib, ish qidirganini, ammo topa olmaganini aytdi.
Li yetkazgan zarar 550 ming yuanga (87,3 ming dollar) baholanmoqda.
Izoh (0)