Turkiyaning Mardin viloyatida joylashgan shifoxona yaqinida ro‘y bergan portlash oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, 50 kishi yaralandi. Bu haqda, Daily Sabah nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ilgariroq mamlakat janubi-sharqida politsiya mashinasi portlagani ma’lum qilingan edi. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, ikki holatdayam gap bitta portlash haqida bormoqda.
Voqea Suriya chegarasiga yaqin hududda sodir bo‘ldi. Terakt ortida Kurdiston ishchi partiyasi turgani taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)