Turkiya Rossiya termasiga qarshi 31-avgust kuni Antaliyada bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yinida rossiyalik futbolchilar va muxlislarning xavfsizligini kafolatlaydi. Bu haqda Turkiya futbol federatsiyasi “TASS”ga ma’lum qildi.
“Albatta, Rossiya terma jamoasi va muxlislariga xavfsizlik to‘liq darajada ta’minlanishiga ishonchimiz komil. Turkiyada YeChL va Yevropa Ligasi musobaqalari hech qanday muammolarsiz o‘tkaziladi. So‘nggi 10 yil ichida bizga keladigan terma jamoalar va klublarning xavfsizligini ta’minlash borasida muammolarni bartaraf qilishga erishdik”, – deb ma’lum qildi Turkiya futbol federatsiyasi matbuot xizmati.
“Politsiya xodimlari va xususiy qo‘riqchilik xizmati vakillari bo‘lajak o‘yindagi xavfsizlikni ta’minlaydi. Antaliyadagi o‘yin muammolarsiz o‘tishiga ishonamiz. Turkiya terma jamoasi ishtirokidagi o‘yinlarda odatda 700–800 nafar politsiya va qo‘riqchilik tizimi xodimi ishlaydi. O‘rtoqlik o‘yinlarida esa odatda 400–500 nafar xodim jalb etiladi. Rossiyaga qarshi o‘yinda esa jami 1 000 nafarga yaqin politsiya va qo‘riqchilik xizmati xodimi ishlaydi”, – deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Izoh (0)