Rostov-Donda FlyDubai’ning Boeing 737 samolyoti qulashining asosiy versiyasi deb inson omili hisoblanmoqda. Bu haqda “Interfaks” agentiligiga tayanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
“Ekipaj komandiri o‘z xatti-harakatlariga hisobot berib, vaziyatni adekvat baholagan, shuningdek, 12 soniya davomida knyupelni ushlab turgan va bu stabilizatorning sho‘ng‘ish rejimiga tushirib qo‘ydi. Ovozni yozib oluvchi moslama komandirning ikkinchi uchuvchi tomonidan xavfsizlik haqidagi savollariga javob bermay, hammasi joyida ekanini aytganini qayd etgan. Uning ovoz intonatsiyasi tinch, hayajon sezilmagan edi”, – deyiladi xabarda.
Halokatning boshqa talqinlari – og‘ir ob-havo sharoitida havo kemasini boshqara olmaslik, komandirning charchog‘i va balandlik rulining ishlamay qolishi ham ko‘rib chiqilmoqda.
Dubaydan Rostov-Donga uchib kelgan samolyot 19-mart kuni kechasi, qayta qo‘nish vaqtida halokatga uchragandi. Havo kemasi bortida bo‘lgan 55 yo‘lovchi va ekipajning 7 nafar a’zosi halok bo‘ldi.
Izoh (0)