Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh—2018 3-saralash bosqichidagi 2-tur uchrashuvi uchun hakamlar ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.
Doha shahrida 6-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinda bahraynlik hakamlar brigadasi ishlaydi. Uchrashuv bosh hakami sifatida FIFA referisi Ali Hasan Ibrohim Abdulnabi tayinlandi. Unga qanotlarda Muhammad Jafaar Muhammad Salmon va Navaf Shahin Halifa Musa yordam beradi.
1-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan 1-turdagi O‘zbekiston — Suriya o‘yini yaponiyalik Ryuji Satoga ishonib topshirilgandi.
Izoh (0)