Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on uchrashuvi chog‘ida stolni servizlashda qo‘llangan, ikki davlat rahbarining tasviri tushirilgan likopchalar ovqatlanishga mo‘ljallanmagan bo‘lib, esdalik sovg‘alari edi. Bu haqda o‘z manbalariga tayangan holda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Bu davlat rahbarlari uchrashuvi uchun an’anaviy bo‘lib qolgan servizlash shaklidir. Yetakchilarning tasviri tushirilgan bunday likopchalar ovqatlanishda ishlatilmay, mehmonlarga davlatlararo munosabatlardagi muhim voqeadan esdalik sifatida sovg‘a qilinadi”, — dedi agentlikning suhbatdoshi.
Ilgariroq jurnalistlar delegatsiyalar uchrashuvi chog‘ida ikki prezident tasviri tushirilgan likopchalarga e’tibor qaratgan edi. OAV vakillari ushbu likopchalarga hech kim ovqat solmaganiga e’tibor qaratdi. Bu holat internetda muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Izoh (0)