Shimoliy Koreyada qurilish ishlarini tezlashtirish maqsadida ishchilarga kristallsimon metamfetamin beriladi. Ushbu moddani hidlash ko‘tarinki ruhni uyg‘otadi, ishtahani yo‘qotib, quvvatni oshiradi. Uning ta’siri 12 soatgacha davom etishi mumkin, deb xabar beradi TJournal.
The Telegraph nashrining bildirishicha, ushbu psixotrop moddaning ishlab chiqarilishi davlat darajada qo‘llab-quvvatlanadi. 70 qavatli osmono‘par binoning hamda 60 dan ortiq ko‘p xonadonli uylarning qurilishida quruvchilarga aynan shu modda berilgani ma’lum.
KXDRda metamfetamin o‘tgan asrning 70-yillaridan buyon ishlab chiqariladi. Davlat nazorati ostidagi maxsus 39-xizmat mazkur modda savdosidan har yili bir milliard dollar topadi.
Osiyolik huquq himoyachilari Shimoliy Koreyaning ushbu xatti-harakatlarini keskin qoralab, BMTni Kim Chen Inga qarshi navbatdagi chora-tadbirlarni ko‘rishga chaqirmoqda.
Izoh (0)