Turkiyada davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinish bo‘yicha surishtiruv ishi doirasida 26 mingdan ortiq odam qo‘lga olindi. Bu haqda adliya vaziri Bekir Bozdag ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Hozirgi paytda 26 mingdan ortiq odam qamoqda saqlanmoqda, shuningdek, odil sudlovdan yashirinishga urinayotganlar ham bor. Rasman 16 ming kishi hibsga olingan”, — deya ta’kidladi vazir.
Turkiyada 16-iyulga o‘tar kechasi isyonchilar guruhi tomonidan davlat to‘ntarishiga urinish amalga oshirilgan edi. Asosiy qarama-qarshiliklar Anqara va Istanbulda yuz berdi. O‘shanda, isyonchilarni hisobga olmaganda, 246 nafar odam halok bo‘ldi.
Izoh (0)