2016-yilning 8-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston–Belarus vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda qatnashish uchun Toshkent shahriga Belarus Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi MDH mamlakatlari bilan ikki tomonlama munosabatlar boshqarmasi boshlig‘i Andrey Strachko boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Har ikki davlat rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan turli sohalardagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari nuqtai nazaridan O‘zbekiston–Belarus munosabatlarining dolzarb masalalari batafsil muhokama qilindi.
Tashqi siyosat idoralar vakillari joriy yilda bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar, jumladan, siyosiy muloqotlar va biznes vakillarining uchrashuvlariga tayyorgarlikning borishi to‘g‘risida fikr almashdi.
Uchrashuvda Belarus elchisi Nikolay Klakevich ishtirok etdi.
Izoh (0)