O‘zbekistonlik 6 nafar sportchi kecha — 8-avgust kuni 5 ta sport turi bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etdi.
Bokschilar Hasanboy Do‘stmatov (-49 kg) hamda Rustam To‘laganov (-91 kg) o‘z vazn toifasida Rio—2016 ning chorak finaliga yo‘llanma oldi.
Dzyudochi Mirali Sharipov o‘zining birinchi jangidayoq imkoniyatni boy berib, turnir bilan xayrlashdi.
Ra’noxon Amanova suzish musobaqasida ishtirok etdi. Biroq uning natijasi maqtashga arzigulik bo‘lmadi.
Izoh (0)