Koreya Respublikasi hukumati umummilliy energiya sarf-xarajatlarini optimallashtirish maqsadida konditsionerlardan tejamkor foydalanmagan tijoriy tashkilotlarni jarimaga tortish haqida qaror qabul qildi. Bundan buyon havo sovutish tizimi ishlayotgan do‘kon yoki restoranda eshik ochiq qoldirilsa, muassasa sohibi 500 ming vonadan (450 dollar) 3 million vonagacha (2,7 ming dollar) miqdorda jarimaga tortilishi mumkin, deb xabar beradi “TASS”.
Mamlakat savdo, sanoat va energetika vazirligi vakili Che Xi Bon jurnalistlar bilan suhbatda tegishli choralar bugun, 9-avgustdan kuchga kirishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga qaraganda, yaqin ikki kun ichida kiritilgan qoidalarni buzganlarga ogohlantirishlar yo‘llanadi. 11-avgustda ogohlantirishlar yo‘llash to‘xtatilib, qoidabuzarlar jarimaga tortiladi.
Izoh (0)