Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi tashkil etgan ilk musobaqa o‘z yakuniga yetdi, deb xabar berdi O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati.
Turnirda 6 jamoa ishtirok etishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa-da, Eron yoshlar terma jamoasi Toshkentga tashrif buyura olmadi.
Eron termasi o‘rnida O‘zbekiston II jamoasi musobaqaga qo‘shilib, o‘zi ishtirok etgan “A” guruhida Qirg‘iziston bilan bir xilda ko‘rsatkich qayd etdi. Reglamentga ko‘ra, O‘zbekiston II musobaqada konkursdan tashqari ishtirok etgandi. Shu boisdan bu jamoa 5-o‘rin uchun bellashuvda “B” guruhini so‘nggi o‘rinda yakunlagan Tojikistonga qarshi kurash olib bordi.
Uchrashuv 1:1 hisobi bilan o‘z yakuniga yetdi. Penaltilar seriyasida omad tojikistonlik futbolchilarga kulib boqdi va ular musobaqani 5-o‘rin bilan yakunladi. Ma’lumot uchun, tojikistonlik futbolchilar O‘zbekistonning asosiy tarkibidan 1:4 hisobida yengilgandi.
3-o‘rin uchun bellashuvda Turkmaniston yoshlar terma jamoasi Afg‘oniston ustidan 2:1 hisobida ustun keldi. Afg‘onistonliklar guruh doirasidagi o‘yinlarda Qirg‘iziston va O‘zbekiston II dan bir xilda — 0:2 hisobida yengilgandi. O‘zbekistonning asosiy tarkibi esa Turkmaniston ustidan 3:0 hisobida zafar quchgan.
Finalda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Qirg‘izistonni imtixon qildi. Qirg‘izistonliklar turnirning “A” guruhida O‘zbekiston II bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagandi. O‘zbekistonning asosiy tarkibiga esa 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
O‘zbekiston terma jamoasi 38-daqiqada maydonda bir kishi kam qolishiga qaramay, yakunda g‘alabani saqlab qoldi va turnir g‘olibiga aylandi.
5-o‘rin uchun
O‘zbekiston II — Tojikiston 1:1 pen — 6:7
Gollar: Otabek Karimov, 38 (0:1). Javohir Esonqulov, 55 (1:1).3-o‘rin uchun
Izoh (0)