AQShning Walmart Stores Inc. kompaniyasi “Jet.com” elektron tijorat saytini sotib olish haqida shartnoma imzoladi. Kelishuv qiymati 3 milliard dollarni tashkil etadi, deb xabar beradi “Vedomosti”.
Shartnoma doirasida “Jet.com” aksiyadorlari Walmart’ning 300 million dollarlik aksiyalarini oladi. Ushbu shartnomadan so‘ng Walmart onlayn savdodagi ko‘rsatkichlarini yaxshilab olishi kutilmoqda. Tomonlar kelishuv regulyatorlarning tasdig‘ini kutmoqda. Shartnoma 2016-yil oxiriga qadar yopilishi rejalashtirilmoqda.