O‘zbekistonda 9-avgust kuni issiq iqlim sharoiti saqlanib qoladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 9-avgustga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +13...+18 daraja, Toshkent shahrida +20...+22 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Shu kecha Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida +18...+23 daraja, qolgan hududlarda +20...+25 daraja bo‘lishi, Buxoro va Navoiyning cho‘l hududlarida harorat +27 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
9-avgust kuni kunduzi tog‘li joylarda havo harorati +25...+30 daraja, Toshkent shahrida +37...+39 daraja, Samarqand, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida +33...+38 daraja, qolgan barcha hududlarda +35...+40 daraja issiq bo‘ladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.