Rossiya, Ozarbayjon va Eron biznes, madaniyat va turizm yo‘nalishlarida uch tomonlama hamkorlikni kelgusida yanada rivojlantirish to‘g‘risida kelishib oldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Yuqoridagi davlatlar rahbarlari 8-avgust, dushanba kuni Bokudagi uch tomonlama uchrashuv chog‘i imzolaydigan deklaratsiya loyihasidan buni anglash mumkin. Deklaratsiyada uch mamlakat fuqarolari uchun viza tartibini soddalashtirishning ahamiyati ta’kidlab o‘tilgan.
Shuningdek, iqtisod, energetika va transportning turli sohalarida hamkorlikni kuchaytirish to‘g‘risida kelishib olindi. Xususan, gap Shimoliy Yevropani Janubi-Sharqiy Osiyo bilan birlashtirishi lozim bo‘lgan “Shimol—Janub” transport yo‘lagini rivojlantirish haqida ketmoqda.