Rossiya Federal aksilmonopol xizmati iPhone smartfonlarining narxlari muvofiqlashtirib borilishi yuzasidan AQShning Apple korporatsiyasiga qarshi ish ochdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Xabarnomada aytilishicha, raqobatni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunga muvofiq ochilgan ishda “Eppl Rus” MChJ, Apple Holding B.V., Apple Sales Ireland, Apple Operations International, Apple Inc. kompaniyalari tilga olinadi.
Aksilmonopol xizmatdagilarning fikricha, smartfonlar narxlarining muvofiqlashtirib borilishi tufayli ushbu uskunalarning chakana narxi hamma joyda bir xil, bu esa raqobat prinsiplarini buzadi.
Ish nomi keltirilmayotgan fuqaroning riteylerlarni narxni kelishib olishda ayblab kiritgan arizasi asosida qo‘zg‘atildi.