Rio–2016 Olimpiada o‘yinlarining og‘ir atletika bo‘yicha -56 kilogramm vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritgan Sinpxet Kruaitongning buvisi musobaqa teletranslyatsiyasini ko‘rayotganida vafot etdi. Bu haqda Phuket News gazetasining saytiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Tailandning shimoli-sharqidagi Surin provinsiyasida istiqomat qiluvchi Sinpxet Kruaitongning oilasiga uning ishtirokini ko‘rish uchun ko‘plab odamlar yig‘ildi. Ammo musobaqani ko‘rayotgan vaqtda 82 yoshli Subin Kxongtxapning ahvoli yomonlashdi. U kasalxonaga yetkazildi va o‘sha yerning o‘zida jon berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u insultdan vafot etdi.
Sportchining oila a’zolari jurnalistlarga ma’lum qilishicha, Subin Kxongtxap nevarasining bronza medaliga sazovor bo‘lishini ko‘rishga muyassar bo‘lmadi.
Sinpxet Kruaitong ishtirok etgan bahslarda xitoylik Lun Sinsyuan oltin medalni, KXDR vakili Om Yun Chxol esa kumush medalni qo‘lga kiritdi.