“Real” futbol klubi yarim himoyachi Xese Rodriges Fransiyaning “PSJ” jamoasi tarkibiga qo‘shilganini bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
O‘yinchining “PSJ”ga qo‘shilishi borasida kelishuvga erishildi. Shartnoma “4+1” sxemasi bo‘yicha imzolanadi, 23 yoshli ispaniyalik futbolchining transfer summasi esa 25 million yevroni tashkil etadi. “Real” birinchi marta o‘z tarbiyalanuvchisini bunaqa narxda sotishi.
Rodriges “Real” tarkibida 2011-yildan beri to‘p surib kelayotgan edi. Shu davr mobaynida u 94 o‘yin o‘tkazib, 18 gol va 16 golli uzatma muallifiga aylandi.