Meksikada 38 kishi ko‘chki qurboni bo‘ldi. Bu haqda 8-avgust, dushanba kuni “Interfaks” ma’lum qildi.
Ko‘chkilarga “Erl” tropik dovuli sabab bo‘ldi. Uning asoratlaridan eng ko‘p Puebla shtati jabrlandi: bu yerda 28 kishi o‘lgani qayd etilgan. Ularning deyarli barchasi Uauchinango shahrida istiqomat qilgan bo‘lib, uylari loy va tosh ostida qolgan. Yana 10 qurbon Verakrus shtati hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.