Mali shimoli-sharqida avtomobilning portlatib yuborilishi oqibatida bir nafar BMT tinchlikparvari halok bo‘ldi, yana besh nafari yaralandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
BMTning Malidagi vaziyatni barqarorlashtirish xalqaro missiyasining ma’lum qilishicha, hodisa Kidal tumanida 06:50 atrofida yuz bergan. Logistik konvoy tarkibidagi misssiyaning avtomobili qo‘lbola portlovchi qurilma yoki minada portlab ketgan.
Bir necha soatdan so‘ng missiyaning yana bir avtomobili portlab ketgan, biroq ikkinchi portlash oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Xalqaro missiya tinchlikparvarlari Maliga BMT Xavfsizlik kengashining qarori bilan yuborilgan.