8-avgustning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Jizzaxda 3 ballik yerosti silkinishlari sezildi. Zilzila epitsentri Toshkent shahridan 207 kilometr, Jizzax shahridan esa 22 kilometr janubi-g‘arbiy yo‘nalishda joylashgan.
2. Nexia estafeta tayoqchasini yangi modelga topshirdi. Nexia II avtomobilini ishlab chiqarish to‘xtatildi — 8-avgustdan salonlarda uchinchi avlod Nexia avtomobili sotila boshlandi.
3. Asakadagi avtomobil zavodida rejaviy profilaktika ishlari boshlandi. “Avtomobillarni yetkazib berish reja asosida davom etadi. Shuningdek, R2 va Nexia R3 avtomobillarining kelishilgan muddat va hajmda yetkazib berilishi ta’minlanadi”.
4. Grafik dizayner O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun yangi dizaynda liboslar taklif qildi. “O‘zimizdagi fidokorlikdan kelib chiqib, biz O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun yangi dizayndagi formalar modelini yaratdik”.
5. Munisa Rizayeva uch o‘g‘il va ikki qizi bo‘lishini istaydi. Ma’lumot uchun, oktabr oyida 30 yoshga to‘ladigan xonanda hali turmushga chiqmagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.