8-avgust kuni ICE birjasida Brent rusumli neftning oktabr oyi fyucherslari 25-iyuldan buyon birinchi marta barreliga 45 dollardan ko‘pga ko‘tarildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Kunning ikkinchi yarmida Brent neftining narxi barreliga 45,05 dollarni tashkil etdi. O‘tgan savdo sessiyasining oxiriga nisbatan u 1,67 foizga qimmatlashdi.
Oxirgi marta Brent 25-iyul sotuvlarida 45 dollardan ortiqqa baholangan edi. O‘sha kuni sessiya ochilishida neftning bir barreli 45,7 dollarga ko‘tarilib, kun davomida maksimal 45,87 dollar ko‘rsatkichga erishgan edi.