Rossiyaning Astraxan shahrida yangi tug‘ilgan bolaga boshqa oila topish maqsadida internetga “bepul bervoraman” shaklida e’lon joylashtirgan qiz politsiya tomonidan qidirilmoqda. Bu haqda, mintaqa IIBga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
E’lon ijtimoiy tarmoqlardan biriga joylashtirilgani aytilmoqda. E’lonning to‘liq matni: “Bola uchun asrab oluvchi oila qidirmoqdaman. O‘zim uni boqa olmayman, moliyaviy ahvolim og‘ir”. U “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘idagi “Otdam darom” (“Bepul beraman”) guruhida joylashtirilgan edi.
Tergov yuritayotganlarning fikricha, xabar muallifi — 18 yoshli o‘smir. Uning farzandi ixtisoslashtirilgan davlat muassasasiga joylashtirildi.