Astraxanning talabalar xiyobonida joylashgan xalqaro “Haykallar xiyoboni”da fors shoiri, faylasuf, astronom va matematik Umar Xayyomning haykali ochildi. Bu haqda Pars Today xabar bermoqda.
Astraxan gubernatori buyuk fors shoirining haykali Rossiya va Eronning samimiy do‘stligi ramzi ekanligi, uning ochilishi esa aloqalarning faollashuviga sabab bo‘lishini ta’kidladi.
1,5 tonnalik haykal Yekaterinburgda quyilib, Astraxanga yetkazilgan. Unda Umar Xayyom turgan holda, qo‘lida kitob va patqalam bilan aks ettirilgan.
Eslatib o‘tamiz, haykal Gilon viloyati (Eron) Savdo-sanoat, konlar va qishloq xo‘jaligi palatasi mablag‘lari hisobiga barpo etilganligi haqida ma’lum qilingan edi.