Oklaxoma shtatida (AQSh) poyezdning temir yo‘l kesishmasidan o‘tayotgan yengil avtomobil bilan to‘qnashuvi tufayli to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi jarohatlandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Yo‘l-transport hodisasi Poto shahri yaqinida ro‘y bergani bildirilmoqda. Salonida besh kishi, jumladan, uch nafar o‘smir bo‘lgan avtomobil haydovchisi poyezd yaqinlashayotgan payt temir yo‘l kesishmasidan o‘tishga ulgurmadi. Buning oqibatida tarkib bor tezlikda mashinani bosib o‘tdi.
Avtomobilda bo‘lgan to‘rt kishi voqea joyida halok bo‘ldi, bir o‘smir og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga yetkazildi. Huquq-tartibot idoralari fojia tafsilotlariga aniqlik kiritmoqda.