Shu kunlarda Indoneziyada hibsga olingan jangarilar Singapurdagi Changi aeroportiga hujum qilishni rejalashtirgan edi. Bu haqda, New Straits Times nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Gumondorlar raketa uchirishni rejalashtirgan asosiy nishon aeroport edi. Singapurning biznes markazi bo‘lgan va asosiy diqqatga sazovor obyektlari joylashgan Marina bey tumani ularning ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda turgan edi”, — ma’lum qildi Xalqaro aksilterror va xavfsizlik sohasi ekspertlari uyushmasining Janubi-Sharqiy Osiyo yo‘nalishi direktori Adrian Raji.
Ekspertlarning fikricha, qo‘lga olingan jangarilar kemani olib qochib ketib, unda Singapur bo‘g‘ozi akvatoriyasiga chiqishni va u yerdan turib raketa uchirishni rejalashtirgan.
“Hujum qo‘shni davlat hududidan sodir etilishi ekstremistlar qo‘llaydigan yangi taktika emas”, — dedi Raji.
Izoh (0)