Urugvay mudofaa vaziri va chap radikallarning “Tupamaros” Milliy ozodlik harakatining asoschilaridan biri Eleuterio Fernandes Uidobro 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda 5-avgust, juma kuni boshqarma matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Uidobroning vafot etishi munosabati bilan mamlakatda motam kuni e’lon qilindi. Vazirlik binosida boshqarma rahbari bilan xayrlashuv marosimi tashkil etildi, unga, jumladan, respublika prezidenti Tabare Vaskes ham tashrif buyurdi.
Vazirning o‘limiga o‘pka xastaligi sabab bo‘ldi.
Eleuterio Fernandes Uidobro 1942-yilning 14-martida Montevideoda dunyoga kelgan. U 1960-yillarda Raul Sendik bilan birga Milliy ozodlik harakatiga asos solgan edi.
Izoh (0)