2016-yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra Rossiyadan MDH davlatlariga elektr quvvati eksporti ko‘rsatkichlari 45 foizga qisqardi. Bu haqda, RF Federal bojxona xizmatiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Hisobot davrida Rossiya MDH davlatlariga 2,032 milliard kVt/soat elektr energiyasi yetkazib berdi. Olingan daromad 81,1 million dollarni tashkil qildi.
O‘z navbatida, uzoq xorijga elektr energiyasi yetkazib berish ko‘rsatkichlari 1,6 foizga o‘sib, 6,11 milliard kVt/soatni tashkil etdi. Umumiy hisobda yetkazmalar narxi 206,8 million dollarga teng bo‘ldi.
Izoh (0)