Rossiyaning Islomobod va Kobuldagi elchixonalari Afg‘onistonda toliblar tomonidan qo‘lga olingan rossiyalikni ozod etish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
4-avgust kuni Afg‘onistonga avariya holatida qo‘ngan Mi-17 ekipaji asirga olingan bo‘lib, ularning orasida bir nafar Rossiya fuqarosi ham bor.
“OAVlarning ma’lum qilishicha, 4-avgust kuni Afg‘onistonning Luvgar viloyatiga Pokistonga tegishli bo‘lgan Mi-17 vertolyoti avariya holatida qo‘ngan. U ta’mirlash ishlarini o‘tkazish uchun Rossiyaga yo‘l olgan edi. Ekipaj a’zolari ‘Tolibon’ harakati jangarilari tomonidan asirga olingan. Ular orasida Rossiya fuqarosi, 1956-yilda tug‘ilgan shturman S.K.Sevastyanov ham bor”, — deya xabar berdi diplomatik boshqarma.
Izoh (0)