Janubiy Koreyaning Rio-de-Janeyrodagi vakili Vuchjin Kim 2016-yilgi o‘yinlarda o‘rnatilgan ilk jahon rekordi muallifiga aylandi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Kamondan o‘q otish bo‘yicha kvalifikatsion bahslarda u 700 ochko to‘play oldi. Bu mazkur sport turi tarixidagi eng yaxshi natijadir.
Rio–2016 doirasidagi ilk bahslar 4-avgustda start oldi. Shunga qaramay, o‘yinlarning rasmiy ochilish marosimi 5-avgustga mo‘ljallangan.