Buyuk Britaniya ko‘p milliardli qarzlarini to‘lamasdan turib, Yevropa Ittifoqini tark eta olmaydi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining vaziyat bilan tanish vakili Germaniyaning Wirtschaftswoche nashriga ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Uning so‘zlariga qaraganda, Bryussel, London barcha qarzlarini to‘lamaguncha, Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishiga rozilik bermaslikka qaror qilgan.
Qarz summasi haqida gapiriladigan bo‘lsa, bu yerda gap 25 milliard yevroga yaqin summa haqida bormoqda, deya aniqlik kiritgan nashr suhbatdoshi.
“Britaniyaliklar ushbu majburiyatlarini tartibga keltirmasa, Buyuk Britaniya bilan kelishishning iloji yo‘q”, — deb ta’kidlashmoqda Bryusselda.
Izoh (0)