Germaniyaning Mercedes-Benz kompaniyasi yangi brend ostida elektromobillar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, elektromobillar ikki turdagi sedan va yo‘ltanlamas bo‘ladi. Mercedes-Benz’ning Bremendagi zavodidan dastlabki elektromotorli avtomobil 2020-yillarda chiqishi kutilmoqda. Modellardan birining konsepti shu yilning sentabr oyida Parijdagi avtosalonlardan birida namoyish etilishi mumkin.
Avvalroq 2020-yillarda elektrodvigatelli birinchi yuk mashinasini ishlab chiqarish haqida Mercedes-Benz kompaniyasining Daimler AG sho‘ba korxonasi ma’lum qilgandi.
Elektromotorli mashinalarni ishlab chiqarishni rejalashtirish Tesla avtomobillarining shuhrat qozonishi natijasida boshlandi. Ayni damda Tesla sedan va krossover turdagi avtomobillarni sotmoqda. 2017-yilda arzon narxdagi Model 3 sotuvi boshlanadi.
Izoh (0)