Bloger Sergey Dolya Daniya poytaxti Kopengagenga sayohati haqidagi taassurotlari bilan bo‘lishdi, deb yozadi Travel Ask. Uning qayd etishicha, “Daniya poytaxti — velosipedchi uchun haqiqiy jannat, Moskva tirbandliklarining doimiy ishtirokchisi uchun dahshatli tush”.
Chorrahalardagi velosiped yo‘laklari ko‘k rangga bo‘yalgan. Velosipedchilar uchun alohida yo‘nalish tarmog‘i tashkil qilingan, hatto alohida velosvetoforlar ham bor.
Xilma-xil — ikki o‘rinli, uch g‘ildirakli, katta “yukxona”li va boshqa velosipedlarda yurishadi. Bolalar o‘tiradigan kabinali velosipedlar ham bor.
Velosipedlar uchun maxsus turargohlar bor. Ular ham o‘z navbatida turlicha bo‘lishi mumkin: an’anaviy parkovkalar bilan birga, ikki qavatlilari ham bor.
Ikki qavatli turargohdan foydalanishda relsni pastga tushirish, unga velosipedni joylash va yana tepaga ko‘tarib qo‘yish kifoya.
Do‘kon va ofislar yonida kichik to‘xtash joylari ham bor.
Mehmonxonalar o‘z tashrifchilari uchun firma velosipedlarini tayyorlab qo‘yadi.
Shunday ko‘chalar borki, u yerga mototsikl va avtomobillar kira olmaydi, ammo velosipedlar kirishi mumkin.
Parking va ijara.
Bu yerda elektr velosipedni ijaraga olish ham mumkin. Bu jamoatchilik transportining nisbatan yangi turi bo‘lib, o‘tgan yildagina foydalanish boshlangan.
Har bitta velosipedga navigatsiya va xaritasi bo‘lgan yo‘l kompyuteri o‘rnatilgan. Istasangiz, avtomatda yoki pedal yordamida harakatlanish mumkin.
Izoh (0)