Afg‘oniston sharqidagi Paktiya viloyatida ro‘y bergan ikki portlash oqibatida o‘n kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Viloyat hokimining rasmiy vakili yo‘lga o‘rnatilgan mina bir oilaning besh a’zosi ketayotgan mashinani havoga uchirganini, buning oqibatida mashina ichidagilarning bari halok bo‘lganini ma’lum qildi. Bir soatdan so‘ng yana besh kishi xuddi shunday portlovchi uskunaning traktor ostida portlashiga qurbon ketdi.
Ikki portlash ham Chamkani tumanida sodir bo‘ldi.
Bu kabi minalarning qo‘llanilishi “Tolibon” ekstremistik harakatiga xosligi aytilmoqda.
Izoh (0)