Eronda qotilliklarda va milliy xavfsizlikka daxl qilishda ayblanib 20 kishi qatl qilinishi munosabati bilan Yevropa Ittifoqi Tehronga tashvishdaligini bildirdi. Bu haqda, Yevropa tashqi siyosiy xizmati vakiliga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“Yevroittifoq yana bir bora har qanday vaziyatda ham qatl jazosining qo‘llanilishini qabul qilmasligini bildiradi”, — deyiladi 4-avgust kuni tarqatilgan kommyunikeda.
Hujjatda ta’kidlanishicha, o‘lim jazosi qattiqqo‘l, g‘ayriinsoniy jazo bo‘lib, inson daxlsizligi va or-nomusini inkor qilish demakdir va shu bois tutib turuvchi omil sifatida baholanishi mumkin emas.
Izoh (0)