Xakasiyaning Pervomayskiy qishlog‘ida mahalliy aholi mamont suyaklarini topdi. Bu haqda 4-avgust, payshanba kuni Xakasiya milliy o‘lkashunoslik muzeyi vakili Margarita Shoyeva ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Mutaxassislar qadimiy hayvon qoldiqlarini tadqiq etish, shuningdek, topilma joyida qazish ishlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
“Odamlar suyak qoldiqlarini tasodifan topib olgan. 25 ta suyak va qismlar, jumladan, bosh suyagi, tos suyagi, pastki jag‘, ikki metrli tish parchasi, umurtqa va qovurg‘alar topilgan. Biz ularni tadqiq etish, shuningdek, topilma joyida qazish ishlarini o‘tkazmoqchimiz. Yana suyaklar topilishi ehtimoli mavjud”, — deydi u.
Shoyeva avval ham ushbu joylarda mamont suyaklari topilganligini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)