Tojikistonda o‘tgan yilning sentabrida harbiy isyonni amalga oshirishga urinishga aloqadorlikda ayblanib, 170 kishi hukm qilindi. Bu haqda 4-avgust, payshanba kuni respublika bosh prokurori Yusuf Rahmon ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
2015-yilning sentabr oyi boshida Tojikiston mudofaa vaziri o‘rinbosari general Abduhalim Nazarzoda harbiy isyonni amalga oshirishga uringan edi. Natijada Nazarzoda va uning 60 dan ortiq tarafdori yo‘q qilingan edi.
“Respublikaning boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda 200 ga yaqin kishiga nisbatan jinoiy ish yuzasidan surishtiruv o‘tkazildi. Ularga nisbatan rad etib bo‘lmaydigan dalillar to‘plangan”, — dedi prokuror.
Uning so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda harbiy isyonga aloqadorlikda aybdor deb topilgan 170 kishiga nisbatan hukm chiqarilgan.
Izoh (0)