Xalqaro olimpiya qo‘mitasi syorfing, beysbol/softbol, qoyalarga chiqish va skeytbording sport turlarini Tokio–2020 Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritdi. Bunday qaror qo‘mitaning 129-plenar majlisida qabul qilindi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Avvalroq karate sport turi ham Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilgani haqida xabar qilingandi.
“Dekabr oyida ushbu sport turlarini o‘tkazish bo‘yicha sport obyektlarining so‘nggi rejasini taqdim etamiz. Yangi sport turlari Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarini yanada innovatsion qiladi”, – dedi XOQ vitse-prezidenti Jon Kouts.
Izoh (0)