Angliya poytaxti London shahri markazida 4-avgustga o‘tar kechasi pichoq bilan qurollangan erkak odamlarga hujum qildi. Hodisa oqibatida bir ayol halok bo‘ldi, yana besh kishi yaralandi, deb xabar bermoqda “MK.ru”.
London politsiyasining ma’lum qilishicha, mahalliy vaqt bilan 3-avgust, soat 22:33 da navbatchiga qo‘ng‘iroq kelib tushdi. Qo‘ng‘iroq qilgan odam Blumsbyuri hududida joylashgan Rassel xiyoboni oldidagi 1-uy yaqinida pichoq bilan qurollangan erkakni ko‘rganini aytdi.
“Jinoyatchi pichoq bilan Rassel xiyobonida o‘tib ketayotgan odamlarga hujum qildi. Buning oqibatida 6 kishi yaralandi. Biroq, shifokorlarning urinishiga qaramay, bir ayol halok bo‘ldi. Jinoyatchi qo‘lga olindi”, – deb huquq-tartibot vakillari ma’lumotlarini keltiradi Breitbart portali.
Qayd etilishicha, jinoyatchini qo‘lga olish operatsiyasi davomida huquq-tartibot organlari elektroshokerdan foydalangan.
Voqea sodir bo‘lgan joyda tirbandlik yuzaga keldi. London politsiyasi bo‘lib o‘tgan hodisa terakt ekanini istisno etmayapti.
Izoh (0)