Kichik Xuan Antonio Samaranch Xalqaro olimpiya qo‘mitasining birinchi vitse-prezidenti etib saylandi. Ovoz berish jarayoni tashkilotning Rio-de-Janeyrodagi 129-sessiyasida bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Bo‘sh vitse-prezidentlik o‘rinlariga Xalqaro eshkak eshish federatsiyasining sobiq prezidenti, shveysariyalik Denis Osvald va Xalqaro kamondan o‘q otish federatsiyasi prezidenti, turkiyalik Ug‘ur Erdener da’vogarlik qilayotgan edi. Osvald kurashdan voz kechdi, Erdener esa vitse-prezidentlikka saylandi.
Kichik Samaranch Xalqaro zamonaviy besh kurash federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti lavozimini egallab kelayotgan edi. U XOQga 1980–2001-yillarda rahbarlik qilgan Xuan Antonio Samaranchning o‘g‘lidir.
Izoh (0)