Ispaniyada sodir bo‘lgan otishmada kamida sakkiz kishi, shu jumladan, politsiyaning yetti xodimi jabrlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Voqea 4-avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 09:00 da Kastiliya-la-Manch muxtor viloyatining Argamasilya-de-Kalatrava munitsipalitetida ro‘y berdi. Otishmadan bir muddat ilgari politsiyaga aholi yashash punktining tumanlaridan birida mushtlashuv bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgan edi.
Politsiyachilar voqea joyiga kelishi bilan jarohat oldi. Huquq-tartibot organlariga aloqador bo‘lmagan yana bir kishi yaralangani ma’lum. Ayni paytda jabrlanuvchilarning bari shifoxonada.
Aniqlanishicha, otishma ikki lo‘li oilasi vakillari o‘rtasida kelib chiqqan. Bir qiz erini tashlab, ota uyiga ketib qolgani janjalga sabab bo‘lgan.
Voqeaga aloqador bir necha kishi hibsga olindi.
Izoh (0)