Xalqaro Chempionlar Kubogi turnirida ishtirok etayotgan Angliya va Ispaniya chempionlari 3 avgust kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
“Lester” va “Barselona” klublari o‘rtasidagi bellashuv kataloniyaliklarning 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.
Birinchi bo‘limning o‘zida “Barselona” 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Munir o‘z nomini tabloga ikki bor yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, Luis Suares yana bitta golga mualliflik qildi.
Ikkinchi bo‘limga kelib inglizlar safidan Musa dublga erishib, hisobni minimal ko‘rinishga olib kelgandi. O‘yin asosiy vaqti yakuniga 4 daqiqa qolganida Muxika yakuniy natijani o‘rnatdi.
“Lester” bunga turnirdagi birinchi o‘yinida Shotlandiya chempioni “Seltik” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynab, penaltilar seriyasida zafar quchgandi. Ikkinchi o‘yinda esa Fransiya chempioni “PSJ”dan 0:4 hisobida yengilgan.
“Barselona” turnirdagi birinchi o‘yinida “Seltik”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Ikkinchi o‘yinda esa Angliya chempionini ham 2 ta gol farqi bilan ortda qoldirdi. Uchinchi uchrashuvni Luis Enrike jamoasi 6 avgust kuni “Liverpul”ga qarshi o‘tkazadi.
International Champions Cup—2016 3-avgust, chorshanba
Izoh (0)