AQSh Mudofaa vazirligi oxirgi o‘n yilda ilk bor Tinch okeani hududiga B-1B Lancer strategik bombardimonchi samolyotlar eskadrilyasini yo‘naltirmoqda. Bu haqda Amerika hududiy qo‘mondonligi ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Samolyotlar Guam orolidagi Andersen bazasiga 6-avgust, shanba kuni yetib keladi va u yerdagi B-52 bombardimonchilarining o‘rnini egallaydi. Ularga xizmat ko‘rsatish uchun bazaga Harbiy-havo kuchlarining 300 nafarga yaqin harbiy xizmatchisi ham yuboriladi.
B-1 yanada qudratliroq qurollar va masofadan zarba berish bo‘yicha noyob imkoniyatlarga ega ekanligi ta’kidlanmoqda.
CNN telekanalining eslatib o‘tishicha, Guam bazasidagi samolyotlar Janubiy Xitoy dengizi va Koreya yarim oroli hududlaridagi patrulni amalga oshiradi.
Izoh (0)