O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh—2018 3-saralash bosqichidagi birinchi uchrashuvni yaponiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi, deb xabar berdi O‘FF matbuot xizmati.
1-sentabr kuni O‘zbekiston o‘z maydonida Suriya terma jamoasini qabul qiladi. Toshkentdagi bellashuvni boshqarish uchun Ryuji Sato boshchiligidagi hakamlar brigadasi tashrif buyuradi.Satoning O‘zbekiston jamoalari ishtirokidagi so‘nggi o‘yini aynan JCh—2018 saralashi doirasida bo‘lib, unda Filippin termasi Toshkentda 1:0 hisobida mag‘lub etilgandi. O‘sha uchrashuvning 10-daqiqasiga kelib yaponiyalik hakam Filippin terma jamoasi futbolchisini maydondan chetlatgan va qo‘lga kiritilgan g‘alaba Samvel Babayan jamoasining 3-saralash bosqichiga yetib kelishi uchun as qotgan.
Ryuji Sato O‘zbekiston jamoalari ishtirokidagi jami 6 ta o‘yinda ishlagan. Shularning dastlabki 3 tasida g‘olibni aniqlab bo‘lmagan. U boshchilik qilganidagi yagona mag‘lubiyat Qarshining “Nasaf” klubiga tegishli.
Ryuji Sato boshqarib borgan O‘zbekiston jamoalari ishtirokidagi barcha o‘yinlar
12. 10. 2014 BAA U-19 — O‘zbekiston U-19 2:2 (OCh U-19)04. 03. 2015 “Lokomotiv” — “Fulad” 1:1 (OChL—2015)27. 03. 2015 Janubiy Koreya — O‘zbekiston 1:1 (O‘rtoqlik)24. 02. 2016 “Al-Ahli” — “Nasaf” 2:1 (OChL—2016)15. 03. 2016 “Sepaxon” — “Lokomotiv” 0:2 (OChL—2016)24. 03. 2016 O‘zbekiston — Filippin 1:0 (JCh—2018)
Izoh (0)