Nijniy Tagil fuqarosi Vladislav Smirnov Anapa shahridagi yovvoyi plyajda uch kishidan iborat oilani qutqarib qoldi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Vladislav Smirnov bo‘lib o‘tgan voqea haqida “VKontakte”dagi sahifasida so‘zlab berdi. Ma’lum bo‘lishicha, havo matrasida bo‘lgan va shamol tufayli ochiq dengizga ketib qolayotgan ona va bola suzishni bilmagan. Bu vaqtda oila boshi – ota bir nima olish uchun mashina tomonga harakatlanib ketayotgandi. U ortga qaytganida uning farzandi va turmush o‘rtog‘i qirg‘oqdan ancha uzoqlashib ketgandi. U oilasini qutqarishga shoshildi, biroq ularga yeta olmadi.
Vladislav Smirnov havo matrasiga yetib olish uchun o‘zini dengizga tashladi, biroq charchab qolib, ortga qaytmoqchi bo‘ldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qandaydir kuch uni qo‘rquvdan xalos etib, suzishda davom etishiga undadi.
Bir necha o‘n metrlardan so‘ng u ona va bolaga yetib oldi. Vladislav matrasni qirg‘oqqa itara boshladi, yo‘l-yo‘lakay qutqaruv nimchasida bo‘lgan otani ham matrasga chiqardi.
Nijniy Tagil “Viloyat gazetasi”ning yozishicha, dengizga ketib qolgan oilaning omadi bor ekan. Vladislav Smirnov professional sportchi, suzish bo‘yicha murabbiy va hayot xavfsizligi fani bo‘yicha o‘qituvchi bo‘lib chiqdi.
Izoh (0)