Liviya sharqidagi Bengazi shahrida avtomobilning portlatib yuborilishi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi, yana 20 nafari jarohat oldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Portlash Guvarsha tumanida yuz bergan. U yerda hukumatga sodiq xavfsizlik kuchlari va radikal guruhlar ittifoqi o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda. Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, portlash shu qadar kuchli bo‘lganki, uch qavatli binoni qulatib yuborgan.
Portlash uchun javobgarlikni “Bengazi inqilobchilar kengashi” zimmasiga oldi. Mamlakat sharqidagi qurolli bo‘linmalar qo‘mondoni Xalifa Xaftar ushbu ittifoqqa qarshi kurash olib bormoqda. Uning kuchlari oxirgi oylarda bir nechta tumanga ilgarilagan, biroq shahar ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga kirita olmagan. Aynan uning qo‘shinlari terakt nishoni bo‘lgan.
Izoh (0)